21-oktyabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi
21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat aktivlari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uni asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar ona tilimiz xalqimizning milliy g‘ururi, ma’naviy boyligi va millat birligining ramzi ekanini ta’kidladilar.
Tadbirda o‘zbek tili haqida quyidagi misralar yangradi:
O‘zbek tili — dilga yaqin ohangim,
Har bir so‘zing – yurakdagi ohim.
Sen bilan faxr etar har bir avlod,
Sen borsan, yashnaydi xalqim, jonim!
Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tilining nufuzini yuksaltirish, uni to‘g‘ri qo‘llash va yosh avlod qalbida tilga mehr uyg‘otish zarurligini alohida ta’kidladilar.
Ona tilimiz – millatimizning faxri va g‘ururi!

