8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga bugun 33 yil bo‘ldi. Muqaddas Qomusimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, inson qadrini ulug‘lash, erkinlik, tenglik va adolat tamoyillariga sodiqlik o‘z ifodasini topgan.
Konstitutsiya demokratik jamiyatimizning huquqiy asosini yaratgan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi eng oliy hujjatdir. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar aynan shu tamoyillarni hayotga tatbiq etishga xizmat qilmoqda.
Davlat aktivlari agentligi jamoasi Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi! Yurtimizda qonun ustuvorligi mustahkam bo‘lsin, adolat va taraqqiyot yo‘lidagi qadamlari bardavom bo‘lsin!

