Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazidagi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yil 26-avgust soat 18:00ga qadar quyidagi elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: muqaddas_yuldasheva@mail.ru
Mavjud boʻsh lavozimlar:
- “Korporativ boshqaruv va investitsiyalarni aksiya xamda obligatsiyalar chiqarish xisobiga jalb qilish muammolarini tadqiq etish” boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi;
- “Xususiylashtirish jarayonlarining ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish va monitoring qilish” boʻlimi katta ilmiy xodimi;
- “Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish metodologiyasi va bankrotlik taomillarini takomillashtirish” boʻlimi katta ilmiy xodimi;
- “Davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish” boʻlimi katta ilmiy xodimi.
Nomzodga qoʻyiladigan malaka talablari:
- oliy maʼlumotli va iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha ilmiy darajaga (falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ega boʻlish, yoshi 45 yoshdan oshmasligi;
- Xususiylashtirish, davlat aktivlarini boshqarish, korporativ boshqaruv, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyat sohalarida ilmiy ishlar va maqolalar chop etgan boʻlishi va/yoki ilmiy tashkilot, oliy taʼlim muassasalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
- oʻzbek va rus tilini oʻqish, yozish darajasida bilish (ingliz tilini bilish olqishlanadi);
- MS Word, MS Excel dasturlarini malakali foydalanuvchi darajasida bilish.
Qoʻshimcha savollar yuzasidan Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining maxsus aloqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (71) 259-21-06, (71) 259-20-65