Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Iyul 2024

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJni ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushining xususiylashtirish jarayoni davom ettiriladi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJdagi 35 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Aktiv/Jamiyat) xususiylashtirishning muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida savdo jarayonlari davom ettirilishini e'lon qiladi.

"Alkes Research" kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ konteyner parkining operatori boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab konteyner tashishni tashkil etish boʻyicha toʻliq xizmatlarni taqdim etadi.

  • Ustav fondi: 3,4 mlrd.soʻm;
  • Korxonaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shevchenko koʻchasi, 7-uy.

Sotish jarayoni to‘g‘risida:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o‘rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo‘lgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) hamda Majburiyatga ega bo‘lan taklif (BO) bosqichlari, yakuniy bosqichda talabgorlar tomonidan taklif etiladigan qat'iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirilishi belgilanadi.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR, faoliyat turi hamda shunga oʻxshash aktivlarni boshqarish tajribasiga egaligini tasdiqlovchi hujjat);
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti.

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini xohishlariga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab 2024-yil 15-avgust soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar info@alkesresearch.com elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

Ushbu savdo bosqichi doirasida, Konsultant tomonidan potensial investorlarni jalb qilish maqsadida investisiya tizerlarini tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:

  • Aktivni sotib olish uchun yetarli moliyaviy resurslari, shuningdek, transport va logistika sohasidagi aktivlarni boshqarish tajribasi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi bo'lgan kompaniya bo'lmasligi kerak;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.

Arizalarni qabul qilish tugallangandan so‘ng, konsultant tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat (Process Letter) orqali keyingi jarayonni tashkil etish to‘g‘risida individual ravishda xabardor qilinadi.

Ushbu loyiha doirasida qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Keyingi, Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tgan talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanadi hamda Konsultant tomonidan tayyorlangan Aktiv faoliyati to'g'risida ma'lumot va tahliliy ma'lumotlar (Due-diligence) bilan tanishish uchun virtual ma'lumotlar xonasiga (VDR) kirish, aktivga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilikni qo‘shimcha tarzda xabardor qilib borilishini ta'minlaydi.

Maʼlumot uchun: Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning ustav kapitalidagi 4 foiz davlat ulushi "Xalqchil IPO" doirasida xususiylashtirilishi belgilangan.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, "Alkes Research" va Kompaniyani sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va "Alkes Research" oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va "Alkes Research" tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

3953 Chop etish