TADBIRKOR BEKZOD MAMATQULOV SHARHI -
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-177-sonli Farmoni xususiy sektorning rolini kuchaytirish va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil qisqartirish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati 100 trillion so‘mlik davlat aktivlarining sotuvga chiqarilishi tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi investitsiyalarni jalb etishga kuchli turtki bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, farmonda aktivlarni sotib olish uchun nazarda tutilgan mexanizmlar, jumladan, 15 foizlik avans to‘lovi, qolgan summani foizsiz ravishda bosqichma-bosqich to‘lash imkoniyati, shuningdek, muddatidan oldin to‘lov amalga oshirilganda chegirmalar taqdim etilishi alohida ahamiyatga ega. Bunday shartlar biznes uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratib, xususiy kapitalning xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishini yanada qulaylashtiradi.
Bekzod Mamatqulov, shuningdek, aktivlarni realizatsiya qilishda bozor tamoyillariga o‘tish muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, yer uchastkalarini “tayyor paketlar” shaklida taklif etish va ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash investorlarning loyihalarni tezroq ishga tushirishiga hamda xarid qilinayotgan resurslardan samaraliroq foydalanishiga imkon beradi.
Bekzod Mamatqulovning e’tirof etishicha, xolding xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning qayd etishicha, islohotlarning asosiy natijalaridan biri mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish, xarid qilinayotgan aktivlarni modernizatsiya qilish hamda ular negizida yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘lishi kerak.
“Xususiylashtirish — bu nafaqat aktivlarni xususiy qo‘llarga o‘tkazish. Bu ularga yangi hayot baxsh etish, investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotning yangi o‘sish nuqtalarini yaratish imkoniyatidir”, — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Batafsil
______
Telegram| Facebook
Instagram | Youtube

