Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Sentyabr 2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI RAHBARI SAIDA MIRZIYOYEVA BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 81-SESSIYASIDA NUTQ SO‘ZLADI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI RAHBARI SAIDA MIRZIYOYEVA BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 81-SESSIYASIDA NUTQ SO‘ZLADI

O‘z nutqida ziddiyatlar tobora ortib, o‘zaro ishonch pasayib borayotgan bugungi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘z yuritdi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston tanlagan yo‘l — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot tamoyillariga asoslanganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakat tinchlik, hamkorlik va inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdori ekanini qayd etdi.

Nutq davomida Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissa qo‘shishga tayyor.
_____


Telegram |  Facebook
 Instagram |  Youtube

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech