8-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2 587 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 124,9 mlrd so'm bo'lgan 326 ta lot 253,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 1 ta
- boshlang‘ich narxi 2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
Toshkent shahar, Yashnobod tumanida boshlang‘ich narxi 2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga qarashli noturar bino 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 70 ta
- boshlang‘ich narxi 35,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 36,9 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
- soni 113 ta
- boshlang'ich narxi 68,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 178,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 43,8 ga
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich narxi 33 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ofis, mehmonxona, umumiy ovqatlanish xizmatlari hamda o‘rta qavatli turar-joy binolarini tashkil qilish uchun 1 gektar yer uchastkasi 34,6 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 142 ta
- boshlang‘ich narxi 18,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 35,8 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1127 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 28,5 trln so'm bo'lgan 99 597 ta lot savdoga qo'yilgan.
_____________________________________
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram | Facebook
Instagram | Youtube

