14-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
516 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 45,8 mlrd so'm bo'lgan 233 ta lot 49,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 8 ta
- boshlang‘ich narxi 5,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 6,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand tumanida boshlang‘ich narxi 4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan asfalt zavodi binosi 4,2 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 53 ta
- boshlang‘ich narxi 13,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 14,1 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Xiva tumanidan boshlang‘ich narxi 0,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB balansidagi yakka tartibdagi turar joy 0,5 mlrd so‘mga sotildi.
yer uchastkalari:
- soni 39 ta
- boshlang'ich narxi 15,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 17,8 mlrd so‘m
- yer maydoni 10 ga
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani tumani hududidan boshlang'ich narxi 0,3 mlrd so‘m bo‘lgan xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish uchun 18 sotix yеr uchastkasi 0,7 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 133 ta
- boshlang‘ich narxi 10,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 11,7 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 689 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 27,8 trln so'm bo'lgan 89 305 ta lot savdoga qo'yilgan.

