PF-177-SON FARMON: SURXONDARYODA DAVLAT AKTIVLARI VA YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARI JADALLASHMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoni asosida Surxondaryo viloyatida davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Jumladan:
DAVLAT AKTIVLARI BO‘YICHA
3 ta davlat ulushi — ommaviy savdolarga chiqariladi;
65 ta davlat aktivi — xususiylashtiriladi;
35 ta davlat aktivi — xususiylashtirish jarayonlari jadallashtiriladi. Mazkur obyektlar avvalgi xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan, biroq savdoga chiqarilmagan aktivlar;
Qiziriq va Muzrabot tumanlarida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bo‘shatiladigan hamda elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinadigan 26 ta davlat ko‘chmas mulk obyekti xususiylashtiriladi.
YER UCHASTKALARI BO‘YICHA
Viloyatda jami 495,5 gektar yer maydoni ommaviy savdolarga chiqariladi;
Jarqo‘rg‘on, Uzun va Qiziriq tumanlarida 28,8 gektar yer maydoni 51 ta lotga ajratilib, auksion savdolariga chiqariladi;
“Tayyor paket” usulida 60 ta yer loti auksion savdolariga chiqariladi.
TADBIRKORLAR UCHUN ASOSIY YENGILLIKLAR
Sotib olish to‘lovlari bazaviy hisoblash miqdorining 23 ming baravaridan (10,12 mlrd so‘m) yuqori bo‘lgan elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 8 ming baravaridan (3,52 mlrd so‘m) yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha:
Avans to‘lovi 35 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi;
Qolgan summani foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi;
Xarid qiymatini 6 oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorga 25 foiz chegirma taqdim etiladi;
Ilgari xarid qiymatini 1 oy ichida to‘lagan xaridorga 14 foiz chegirma berilgan;
Xarid qiymatining 35 foizini 3 oyda to‘lagan xaridorga — 5 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati;
Xarid qiymatining 50 foizini 6 oyda to‘lagan xaridorga — 7 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati beriladi.
AKTIVLARNI SOTISHDA YANGI MEXANIZMLAR
3 oy ichida sotilmagan davlat aktivlarining narxi bosqichma-bosqich pasaytiriladi;
“Gibrid auksion” mexanizmi joriy etiladi;
Yer uchastkalari tayyor texnik shartlar va zarur ruxsatnomalar bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqariladi.
YIRIK OBYEKTLAR HAM TIJORATLASHTIRILADI
Yirik oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari ham bosqichma-bosqich tijoratlashtirilib, ularning faoliyatiga xususiy investorlar jalb etiladi.
PF-177-son Farmon — tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qulay to‘lov shartlarini joriy etish va investitsiya jarayonlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

