18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligiga 34 yil boʻldi
Tarixdan maʼlumki tugʻini jonidan ortiq asragan Toʻmaris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi oʻnlab sarkardalar hayoti bugun bizga katta ibrat. Ajdodlarimiz yurt bayrogʻini muqaddas bilib uni koʻz qorachigʻidek asraganlar.
Oʻzbekiston toʻlaqonli suveren respublika sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, 1992-yil 2-martidan uning muqaddas bayrogʻi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida hilpiray boshladi.
Aziz yurtdoshlar!
Davlat aktivlari agentligi jamoasi Sizlarni “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida oʻtayotgan milliy birlik, hamjihatlik, yuksak vatanparvarlik bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
___

