Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Avgust 2026

MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA!

MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jamoamizda quvonchli xabar!

Fidokorona mehnatlari, sohamiz rivojiga qo'shgan ulkan hissalari va o'z burchlariga bo'lgan sadoqatlari uchun boshqarmamizning 3 nafar fidoyi xodimi yuksak davlat mukofoti — "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.
1.Zoirov Sadriddin Umarovich — Boshqarma boshlig'i o'rinbosari
2.Avazov Alisher Saitmuratovich — Bosh mutaxassis
3.Xodjayev Ro‘ziboy Jalol o‘g‘li — Texnik xodim

Rahbariyatdan tortib texnik xodimlargacha bo'lgan ushbu e'tirof — butun jamoamizning ahilligi, mehnati va Vatanimiz taraqqiyotiga qo'shayotgan hissamizning yorqin isbotidir!
Boshqarmamiz jamoasi nomidan aziz hamkasblarimizni ushbu yuksak va munosib mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar tilaymiz


Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz hamkasblar!

1 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech