Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 May 2023

4-may sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 817 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so'm bo'lgan 1 843 ta lot 14,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 83 ta
  • boshlang‘ich narxi 835,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 6,6 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 25,8 mln so‘m bo‘lgan Toshkent moliya instituti balansidagi bino qismi 312,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 669,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,6 ga
  • Toshkent viloyati, Ohangaron shahridan boshlang'ich narxi 333,8 mln so‘m bo‘lgan klinikalar, dispanserlar va dorixonalar qurish uchun 36 sotix yer uchastkasi 367,2 mln so‘mga sotildi.
  • Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanidan boshlang'ich narxi 48,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 112 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 54 ta
  • boshlang‘ich narxi 11,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 415,7 mln so‘m
  • Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘chma savdo joyi 10,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 651 ta
  • yer maydoni 699,7 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 36,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 56,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 781 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,6 trln so'm bo'lgan 136 242 ta lot savdoga qo'yilgan.
 
2117 Chop etish