Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Oktyabr 2023

30-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

232 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 147,9 mlrd so'm bo'lgan 1 105 ta lot 176,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 13 ta
  • boshlang‘ich narxi 47,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 50 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 15,8 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank” AJ balansidagi bino-inshootlar, yem hamda paypoq ishlab chiqarish asbob-uskunalari 16,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 45 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,1 mln so‘m bo‘lgan Mudofa vazirligi Jizzax hududiy uy-joydan foydalanish qismi balansidagi binoning bo‘sh turgan xonasi 92,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 95 ta
  • boshlang'ich narxi 70,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 83,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 22,8 ga
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 5,4 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 58 ta
  • boshlang'ich narxi 19 mln so‘m
  • sotilgan narxi 202,3 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 825 ta
  • yer 1 238 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 19,4 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 27,7 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 978 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,7 trln so'm bo'lgan 115 472 ta lot savdoga qo'yilgan.

1498 Chop etish