Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Avgust 2023

21-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

220 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 64,8 mlrd so'm bo'lgan 1 679 ta lot 106,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 17 ta
  • boshlang‘ich narxi 50,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 54,7 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 2,02 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 54 ta
  • boshlang‘ich narxi 720,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 78,7 mln so‘m bo‘lgan Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi balansidagi bino qismi 86,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 97 ta
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,8 ga
  • Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan boshlang'ich narxi 8 mln so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurish uchun 0,07 gektar yеr uchastkasi 65,8 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Olmaliq shahridan boshlang'ich narxi 21,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy binolari qurish uchun 0,07 gektar yеr uchastkasi 558,4 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 204 ta
  • boshlang'ich narxi 36,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 263,2 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 1 221 ta
  • yer 1489,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 38,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 12 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 3 161 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,2 trln so'm bo'lgan 124 833 ta lot savdoga qo'yilgan.

1648 Chop etish