Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Aprel 2024

19-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

8 400 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21 mlrd so'm bo'lgan 7 523 ta lot 44,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,3 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi balansidagi “Bostirma va qorovulxona” binosi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 6 mln so‘m bo‘lgan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi balansidagi inshoot qismi 7,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 8,2 ga 
  • Samarqand viloyati Narpay tumanidan boshlang'ich narxi 169,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 678,7 mln so‘mga sotildi.
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 484,7 mln so‘m bo‘lgan umumta‘lim maktabi qurish uchun 70 sotix yеr uchastkasi 630,1 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidan boshlang'ich narxi 700 mln so'm bo'lgan bino-inshoot 3,1 mlrd so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 8 399 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 11,5 trln so'm bo'lgan 228 179 ta lot savdoga qo'yilgan.

1949 Chop etish