Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Iyun 2026

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida voha tadbirkorlarida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish jarayonlariga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

 Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar hamda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy yechimlar taklif etildi va zarur tavsiyalar berildi.

 Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram l Facebook Instagram l Websit

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech