Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 May 2026

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Hurmatli vohadoshlar, aziz faxriylar! 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi barchangizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda biz, avvalo, bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatamiz. Olovli janggohlarda mardlik ko‘rsatgan, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan nuroniylarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.


 Xotira – muqaddas, qadr – azizdir. O‘tganlarni eslash, keksalarni e’zozlash xalqimizga xos olijanob fazilat bo‘lib, bugungi tinchligimiz qadriga yetishda muhim poydevordir.

Hurmat bilan,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi.


3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech