Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Avgust 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi vakant rahbarlik lavozimlariga OCHIQ TANSУV e'lon qiladi!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi vakant rahbarlik lavozimlariga OCHIQ TANSУV e'lon qiladi!

Viloyatimizning yirik davlat ishtirokidagi korxonalarini modernizatsiya qilish va samarali boshqarish jarayoniga tajribali va strategik fikrlaydigan rahbarlarni taklif etamiz.

Vakant rahbarlik lavozimlari:
"SURXONDARYODONMAHSULOTLARI" AJ – Bosh direktor
“SURXONOZIQOVQATSANOATI” AJ – Bosh direktor
"SHARGʻUN KOʻMIR" AJ – Bosh direktor
"XUJAIKON TUZ" MCHJ – Direktor
"SURXONGAZMASH" MCHJ – Direktor
“YASHIL DUNYO MARKAZIY DEHQON OZIQ-OVQAT BOZORI” MCHJ – Direktor

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Ma'lumoti: Oliy (korxona yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik);

Mehnat staji: Mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik ish staji;
Boshqaruv tajribasi: Yirik korxonalarni muvaffaqiyatli boshqarganlik hamda Kuzatuv/Direktorlar kengashlarida ishlash tajribasi;

Investitsiyalar: Yirik investitsiya loyihalarini boshqarish, davlat yoki xususiy sarmoyalarni jalb qilishga tayyorlash tajribasi.

Tushuntirish: Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.


Qo‘shimcha ma'lumotlar:
E'lon amal qilish muddati: 1 oy

Manzil: Termiz shahri, M.Qashqariy ko‘chasi, 36A-uy (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi binosi)

Aloqa telefonlari: +998 (76) 227-31-93 | +998 (99) 719 02 09

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech