Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Iyul 2026

 Davlat aktivlari agentligi rahbariyati dolzarb 40 kunlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish o‘tkazmoqda

 Davlat aktivlari agentligi rahbariyati dolzarb 40 kunlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan hududlarda aholi bandligini taʼminlash, turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlarida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Davlat aktivlari agentligi rahbariyati ishtirokida “Qusshiliq” mahallasida barpo etilayotgan 30 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi. Ayni paytda loyihaning 7 kilometrida ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lib, qolgan qismi reja asosida davom etmoqda.

Shuningdek, subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida faoliyat boshlagan fuqarolar hamda «Nurli kelejek» mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ularning bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

Tumanda aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
____

Telegram |  Facebook
 Instagram |  Youtube

21 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech