Davlat aktivlari agentligi rahbariyati “dolzarb 40 kunlik” doirasida Navoiy viloyatida o‘rganish o‘tkazmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida Davlat aktivlari agentligi rahbariyati Navoiy viloyatining Navbahor va Karmana tumanlarida boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, Navbahor tumanining “Paxtakor”,“Oq oltin”va“Yangiyoʻl”, shuningdek Karmana tumanining “Talqoq” mahallalarida ichki yoʻllar va koʻcha yoritish tizimini yaxshilash, sport maydonchasini barpo etish, mahalla mablagʻlarini mustahkamlash, aholi bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 8 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etish, 20 ta yangi ish oʻrni yaratish, 11 nafar fuqaroni kasb-hunarga oʻqitish, 20 nafar fuqaroga 1,3 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratish, 31 nafar va 15 nafar ishsiz fuqaroning bandligini taʼminlash, tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek mahalla aholisi uchun Navoiy shahriga qatnovchi 27-sonli avtobus yoʻnalishini qayta tiklash yuzasidan takliflar bildirildi.
Tashrif yakunida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, infratuzilmani yanada yaxshilash va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
____
Telegram | Facebook
Instagram | Youtube

