Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Iyul 2026

 Davlat aktivlari agentligi rahbariyati dastur doirasida Navoiy viloyatining Karmana, Navbahor, Xatirchi va Nurota tumanlarida o‘rganish o‘tkazmoqda

 Davlat aktivlari agentligi rahbariyati dastur doirasida Navoiy viloyatining Karmana, Navbahor, Xatirchi va Nurota tumanlarida
o‘rganish o‘tkazmoqda

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan “Dolzarb 40 kunlik dasturi”ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat aktivlari agentligi rahbariyati joriy yilning 28–29-iyul kunlari Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Tashrif doirasida Karmana, Navbahor, Xatirchi va Nurota tumanlaridagi qator mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xususan, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, tomorqachilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, suv ta'minoti hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a'zolari, tadbirkorlar va faol fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Mavjud muammolarni manzilli hal etish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

“Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda mahallalarda qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
____

Telegram |  Facebook
 Instagram |  Youtube

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech