Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyun 2026

Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

2026-yil 10-iyun kuni viloyat Tadbirkorlar markazida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi,Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi, Surxondaryo viloyat Raqobat boshqarmasi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali mutaxassislari va tadbirkorlar bilan ishtirok etdi.

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarning quyidagi masalalar bo‘yicha taklif hamda murojaatlari qabul qilindi:
      Tadbirkorlik faoliyatidagi qiyinchiliklar
      Davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari
      Ijara munosabatlariga oid muammolar
      Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar hamda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy yechimlar            taklif etildi va zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining asosiy maqsad va vazifalari, tadbirkorlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi faoliyati hamda Surxondaryo hududiy filialida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Surxondaryo viloyat Raqobat boshqarmasi vakillari esa uy-joy kommunal xizmatlari, qurilish, transport, aloqa, telekommunikatsiya, bank-moliya, sug‘urta, ta’lim va boshqa xizmatlar sohasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berdi.



Uchrashuv yakunida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, o‘zaro fikr almashildi.

 Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram l Facebook Instagram l Websit

18 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech