Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Oktyabr 2025

4-oktyabr sanasida "Roadshow" tadbiri - Termiz shahrida

"Roadshow" tadbiri - Termiz shahrida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–70-sonli “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 4-oktyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan "Roadshow" targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida:

Xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va yer uchastkalari haqida batafsil ma’lumot berildi;

Ishtirokchilarga elektron auksion (e-auksion) platformasida qatnashish tartibi tushuntirildi;

Tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va imtiyozlar tanishtirildi.

35 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech