Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Fevral 2023

21-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi.

       5 140 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 50 mlrd so‘mlik 6 038 ta lot 54,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

       Davlat aktivlari:

  • Soni 10 ta
  • Boshlang‘ich narxi 48,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 50,9 mlrd so‘m

      Jizzax viloyati, Jizzax shahri, A-sanoat zonasi hududida joylashgan, boshlang’ich narxi 47,4 mlrd so‘m bo’lgan Noturar bino va inshootlar (sobiq 03195-son harbiy qism) 49,7 mlrd so‘mga sotildi.

      Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 224,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 374,6 mln so‘m

       Samarqand shahridan yillik ijara stavkasi 34,5 mln so‘mlik Registon ansambli direksiyasi balansidagi bo'sh xona 134,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

        Yer uchastkalari:

  • Soni 57 ta
  • Boshlang‘ich narxi 754 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 5,9 ga

       Buxoro viloyati, Vobkent tumanidan narxi 45,7 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari uchun 7 sotix yer uchastkasi 219,5 mln so‘mga sotildi.
       Samarqand viloyati, Urgut tumanidan narxi 5,8 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 58,7 mln so‘mga sotildi.
       Qarshi shahridan narxi 88,1 mln so‘mlik ko‘p qavatli turar-joy qurilishi uchun 32 sotix yer uchastkasi 96,9 mln so‘mga sotildi.

       Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi:

  • Soni 17 ta
  • Boshlang‘ich narxi 205,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m

        Navoiy viloyati, Nurota tumanidan narxi 10,8 mln so‘mlik noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi (Suluk-3 koni) 235,4 mln so‘mga sotildi.

        O‘tkazilgan savdolarda 13 773 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

        Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,9 trln so‘m bo‘lgan 172 855 ta lot savdoga qo‘yilgan.

1669 Chop etish