Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, Davlat ishtirokidagi korxonalar ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.
1.“Surxon Parmalash Ishlari” AJ (STIR 200489572) direktori lavozimiga;
2.“Yashil Dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MChJ (STIR 306371928) direktori lavozimiga;
3.“Sariosiyo tuman xo‘jalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi”MChJ (200494243) direktori lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov shartlari:
- Oliy ma’lumotli, (korxonalar yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik), kamida 3 yil mutaxassislik bo‘yicha ish staji;
- Yirik korxonalarni boshqarish, bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
- Yirik korxonalardagi direktorlar kengashi va (yoki) kuzatuv kengashlarida ish tajribasi;
- Yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish (boshqarish) kompaniyani xususiy yoki davlat mablag‘larini jalb qilishga tayyorlash tajribasi talab etiladi.
- Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
- E’lonni saqlanish muddati 1 (bir) oy.
Murojaat uchun
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosi, Termiz shahri, M.Qoshqariy ko‘chasi 36-a uy,
Tel. 76 227-31-93. 76 227 30 80
04.03.2024 yil.

