#Siyosiy_marifat_soati
Bugun Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-Ma’rifat o‘quv soati" bo‘lib o‘tdi.
Davlat xizmatchilarining maʼnaviy siyosiy faolligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan o'quv soatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv soatida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda mamlakatimiz va jahonda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

