Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 20-iyul (shanba) kuni soat 10:00 da Namangan shahri, A.Navoiy koʻchasi, 72-uyda joylashgan Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi binosida Namangan viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!