Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Yanvar 2023

5 yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

467 ta mulk savdoga chiqarildi.
Shuningdek, boshlang‘ich narxi 41,6 mlrd so‘mlik 1787 ta mulk 50,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 10 ta
  • boshlang‘ich narxi 14,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 16,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,6 ga
  • "Yuggazstroy" AJga qarashli bo`lgan Urganch tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 835 mln so‘mlik ASGTSH bo‘sh turgan bino-inshootlari 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
  • Shahrisabz shahridagi "Azamat sport sog`lomlashtirish markazi" MChJning boshlang‘ich narxi 6,1 mlrd so‘mlik 100 foiz davlat ulushi 6,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • soni 46 ta
  • boshlang‘ich narxi 509 mln so‘m
  • sotilgan narxi 804 mlrd so‘m
  • Toshkent shahridagi boshlang'ich yillik ijara stavkasi 83,2 mln so‘m bo‘lgan Olmazor kasb-hunarga o’qitish markazi bino qismi uchun 233 mln so‘m taklif berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 130 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 10,9 ga
  • Samarqand tumanidagi narxi 9,7 mln so‘m bo‘lgan turizm kompleksi obyektlari qurish uchun 9 sotix yer uchastkasi 221,6 mln so‘mga sotildi.
  • Yangiyo’l shahridagi narxi 68,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1,1 gektar yer uchastkasi 1 mlrd so‘mga sotildi.

Ko‘chma savdo joylari:

  • soni 103 ta
  • boshlang‘ich narxi 23,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 266 mln so‘m

Boshqa mulklar bo'yicha:

  • soni 1 498 ta
  • boshlang‘ich narxi 23,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,1 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 3 855 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, boshlang‘ich narxi 6,8 trln so‘m bo‘lgan 95 747 ta lot savdoga qo‘yilgan.

3041 Chop etish