Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Yanvar 2023

12-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 046 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 4,4 mlrd so‘mlik 732 ta mulk 14,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,04 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • “Buxoro agroservis MTP” MCHJga qarashli narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan bino-inshoot va texnika vositalari 4,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 16 ta
  • Boshlang‘ich narxi 93,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 518 mln so‘m
  • Qarshi shahridan yillik ijara stavkasi 20,5 mln so‘m tibbiyot markazining bo’sh turgan binosining bir qismi 317,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 103 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 11,1 ga
  • Oqdaryo tumanidan narxi 86,3 mln so‘m bo‘lgan 1,61 gektar ipakchilik korxonalari qurish uchun yer uchastkasi 1 mlrd so‘mga sotildi.
  • Narpay tumanidan narxi 5,8 mln so‘m bo‘lgan 2 sotix oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun yer uchastkasi uchun 416,4 mln so‘m taklifi berildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 45 ta
  • boshlang‘ich narxi 7,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 108 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 1 611 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,9 trln so‘m bo‘lgan 111 689 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2760 Chop etish