Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “TASHGIPROGOR” AJ (keyingi oʻrinlarda – "Emitent" / "Aktiv") ustav kapitalidagi 41,85 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish belgilangan.
Shunga koʻra, xususiylashtirish jarayonlari "Toshkent" Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – “Savdo platformasi”) orqali birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
"TASHGIPROGOR" AJ – Maxsus montaj qurilish ishlari, noturar bino va inshootlarni qurish ishlarini tashkil qiluvchi korxona hisoblanadi.
- Korxonaning yuridik manzili:Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasi, 40-uy.
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 41,85 foiz;
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 226 654 (oddiy) aksiya;
- Bir dona aksiyaning nominal narxi – 2 515,0 (ikki ming besh yuz o‘n besh) soʻm;
- Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 123 864 (bir yuz yigirma uch ming sakkiz yuz oltmish to‘rt) soʻm;
- Aktivning boshlangʻich qiymati – 28 074 271 056,0 (yigirma sakkiz milliard yetmish to‘rt million ikki yuz yetmish bir ming ellik olti) soʻm;
- Emitentning ustav fondi miqdori – 1 362 078 700,0 (bir milliard uch yuz oltmish ikki million yetmish sakkiz ming yetti yuz) soʻm;
- Savdo tashkilotchisi –"Toshkent RFB" AJ;
- Lotlar soni – 1 (bir) ta;
Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.
Bitimni amalga oshirish jarayoni:
Savdolar "Toshkent" RFBning maxsus platformasi, MQQMP Nego savdo platformasida 23.08.2024 yildan boshlanadi. (havolaga o'tish)
Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga +998(71) 207-05-19 va +998(55) 515-20-00 aloqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Diskleymer
Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.