Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Noyabr 2025

7-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

7-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

520 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 22,1 mlrd so'm bo'lgan 243 ta lot 25,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

 davlat mulki ijarasi:

- soni 39 ta
- boshlang'ich narxi 0,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 0,7 mlrd so‘m

Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 53 mln so‘m bo'lgan “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti” DMga qarashli oshxona 100,8 mln so‘mga ijaraga berildi.

 davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m

 davlat ishtirokidagi korxonalar boshqa mol-mulklari:

- soni 90 ta
- boshlang'ich narxi 17,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 18,2 mlrd so‘m

 yer uchastkalari:

- soni 41 ta
- boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 8,9 ga

Buxoro viloyati Vobkent tumanidan boshlang'ich narxi 74,4 mln so‘m bo'lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 237,2 mln so‘mga sotildi. 

 qishloq xo'jaligi yerlari:

- soni 32 ta
- boshlang'ich narxi 0,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 0,4 mlrd so‘m
- yer maydoni 31,2 ga

 boshqalar:

- soni 39 ta
- boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m

O'tkazilgan savdolarda 516 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 19 trln so'm bo'lgan 124 799 ta lot savdoga qo'yilgan.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech