RAHBARLIK LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV!
«Surxondaryodonmahsulotlari» AJ tajribali va ambitsiyali menejerlarni Direktor lavozimiga taklif etadi!
Yirik korxonalarni boshqarish va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!
Vakansiya haqida:
Korxona: «Surxondaryodonmahsulotlari» AJ (STIR: 200471786)
Lavozim: Direktor
Nomzodlarga qo‘yiladigan ososiy talablar:
Ma’lumoti: Oliy (korxona yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik);
Ish staji: Mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
Boshqaruv: Yirik korxonalarni muvaffaqiyatli boshqarish ko‘nikmasi;
Kengashlardagi ishtirok: Direktorlar yoki Kuzatuv kengashlaridagi ish tajribasi;
Investitsiyalar: Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xususiy/davlat mablag‘larini jalb qilish tajribasi.
Tanlov O‘zR Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Muddat va murojaat:
Amal qilish muddati: 1 oy (12.08.2026 yildan boshlab)
Manzil: Termiz shahri, M. Qoshqariy ko‘chasi, 36-a uy (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosi)
«Surxondaryodonmahsulotlari» AJ Kuzatuv kengashi
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram l Facebook Instagram l Websit

