Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 May 2023

8-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

917 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 69,4 mlrd so'm bo'lgan 2 427 ta lot 88,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 33 ta
  • boshlang‘ich narxi 41,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 51,2 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 0,4 mlrd so‘m bo‘lgan "O'zbekneftgaz" AJ balansidagi 58-sonli FYOTSH 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati, Bulung'ur tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan "Samarqand dori-darmon"AJ balansidagi 8-son markaziy dorixona binosi 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 42 ta
  • boshlang‘ich narxi 217,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 317,1 mln so‘m
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,4 mln so‘m bo‘lgan 39-sonli ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi oshxona 53,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 4,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,3 ga
  • Toshkent shahri, Yangi hayot tumanidan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 0,12 gektar yer uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan boshlang'ich narxi 6,4 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualarini qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 136,4 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 901 ta
  • yer maydoni 768,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 30,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 16,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 4 198 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 6,9 trln so'm bo'lgan 132 245 ta lot savdoga qo'yilgan.
2066 Chop etish