352 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,6 mlrd so'm bo'lgan 403 ta lot 6,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 34 ta
- boshlang'ich narxi 0,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 0,9 mlrd so‘m
- Toshkent shahri Uchtepa tumanidan joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,6 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti balansidagi bino qismi maydoni 86,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 95 ta
- boshlang'ich narx 0,8 mlrd so'm
- sotilgan narx 1,2 mlrd so'm
- yer maydoni 432,2 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 12 ta
- boshlang'ich narxi 4 mln so‘m
- sotilgan narxi 7 mln so‘m
Yer uchastkalari:
- soni 249 ta
- boshlang'ich narxi 3,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4 mlrd so‘m
- yer maydoni 31,2 ga
- Toshkent shahri Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 481,2 mln so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 1,4 sotix yеr uchastkasi 529,3 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 820 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 13,8 trln so'm bo'lgan 145 646 ta lot savdoga qo'yilgan.