Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Iyun 2023

5-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

1 133 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 28 mlrd so'm bo'lgan 1 645 ta lot 39,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 19 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 19 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Angren shahar hokimligi balansidagi noturar joy 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 565,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 708,5 mln so‘m
  • Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 377 mln so‘m bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi balansidagi bo‘sh turgan xonalar 414,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 87 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,4 ga
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qong‘irot tumanidan boshlang‘ich narxi 291,1 mln so‘m bo‘lgan ko'p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 0,42 gektar yеr uchastkasi 320,2 mln so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati Nurobod tumanidan boshlang‘ich narxi 18,6 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 217,7 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 245 ta
  • Boshlang‘ich narxi 66,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 729 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 186 ta
  • Yer maydoni 980,5 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 28,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 28,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 404 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 133 229 ta lot savdoga qo'yilgan.
1741 Chop etish