Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Aprel 2024

23-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

5 412 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so'm bo'lgan 12 979 ta lot 6,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 68 ta
  • boshlang'ich narxi 789 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 7 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi balansidagi oshxona 158,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
  • Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 2,7 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi oshxona 136 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 9 ta
  • boshlang'ich narxi 563 mln so‘m
  • sotilgan narxi 665 mln so‘m
  • yer maydoni 0,8 ga
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 471,7 mln so‘m bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari qurish uchun 32 sotix yеr uchastkasi 518,9 mln so‘mga sotildi.
  • Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan boshlang'ich narxi 7,1 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 53,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 14 mln so‘m
  • sotilgan narxi 76 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 14 035 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,9 trln so'm bo'lgan 221 975 ta lot savdoga qo'yilgan.

1854 Chop etish