563 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 37,4 mlrd so'm bo'lgan 488 ta lot 59,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 62 ta
- boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 83,4 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi bino qismi 232 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 310 ta
- boshlang'ich narxi 31,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 50,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 26,8 ga
- Buxoro viloyati Buxoro tumanidan boshlang‘ich narxi 660,1 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 41 sotix yеr uchastkasi 990,2 mln so‘mga sotildi.
- Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridan boshlang‘ich narxi 260,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 12 sotix yеr uchastkasi 703,9 mln so‘mga sotildi.
- Toshkent shahri Yangi hayot tumanidan boshlang‘ich narxi 3,9 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish montaj tashkilotlari, jamoat transporti tashkilotlari va boshqalarning ishlab chiqarish bazalari qurish uchun 35 sotix yеr uchastkasi 14,4 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 33 ta
- boshlang'ich narx 323 mln so'm
- sotilgan narx 361 mln so'm
- yer maydoni 274,3 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 30 ta
- boshlang'ich narxi 22 mln so‘m
- sotilgan narxi 176 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 17 ta
- boshlang'ich narxi 3,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 398 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 13,3 trln so'm bo'lgan 146 685 ta lot savdoga qo'yilgan.