Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Yanvar 2024

19-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

265 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 160 mlrd so'm bo'lgan 239 ta lot 211,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 3 ta
  • boshlang‘ich narxi 132,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 138,7 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 77,1 mln so‘m bo‘lgan sobiq gaz balonlarni qabul qilish va tarqatish servis markazi binosi 84,8 mln so‘mga sotildi.
Xususiy buyurtmalar bo'yicha:
  • soni 2 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 8,3 mlrd so‘m bo‘lgan “Diamond Tree” MCHJ balansidagi ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari 8,8 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2 ga
  • Samarqand viloyati Narpay tumanidan boshlang'ich narxi 168,6 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 15 ta
  • boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 18,1 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m bo'lgan ma’muriy va ishlab chiqarish bino-inshooti 13,1 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 92 ta
  • yer 226 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 7,1 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 26,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 787 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 109 401 ta lot savdoga qo'yilgan.
1988 Chop etish