550 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 31,4 mlrd so'm bo'lgan 1 698 ta lot 46,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- Soni 18 ta
- Boshlang‘ich narxi 7,9 mlrd so‘m
- Sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan “Turon bank” ATB Navoiy bank xizmatlari markazi balansidagi noturar joy binosi 1,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
- Soni 32 ta
- Boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- Sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 846,4 mln so‘m bo‘lgan Buxoro viloyat hokimligi balansidagi yuqori martabali mehmonlarni qabul qilish mehmonxonasi 888,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- Soni 162 ta
- Boshlang'ich narxi 5,3 mlrd so‘m
- Sotilgan narxi 10,5 mlrd so‘m
- Yer maydoni 11,2 ga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 1,82 gektar yеr uchastkasi 2,8 mlrd so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Tuproqqal‘a tumanidan boshlang'ich narxi 99,3 mln so‘m bo‘lgan qurilish-montaj, jamoat transporti tashkilotlari va ishlab chiqarish bazalarini qurish uchun 0,51 gektar yеr uchastkasi 327,7 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- Soni 205 ta
- Boshlang‘ich narxi 41,4 mln so‘m
- Sotilgan narxi 847,2 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- Soni 1 187 ta
- Yer maydoni 2 379,4 ga
- Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 59 mlrd so’m
- G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 126 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 856 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,3 trln so'm bo'lgan 130 710 ta lot savdoga qo'yilgan.