Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Fevral 2024

1-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

321 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,4 mlrd so'm bo'lgan 122 ta lot 6,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,4 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 737,7 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ishlab chiqarish zavodi binosi 919,6 mln so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 232,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 257,5 mln so‘m
  • yer maydoni 2,7 ga
Namangan viloyati Namangan shahridan boshlang'ich narxi 21,1 mln so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 23,2 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 28 ta
  • boshlang'ich narxi 9,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 127,1 mln so‘m
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 6,8 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 14 ta
  • yer 15,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 732,9 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 733 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 303 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10 trln so'm bo'lgan 110 592 ta lot savdoga qo'yilgan.
3020 Chop etish