Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Avgust 2024

1-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

418 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 67,1 mlrd so'm bo'lgan 399 ta lot 118,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 18 ta 
  • boshlang'ich narxi 16,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,6 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 10,6 mlrd so‘m bo‘lgan Namangan viloyat tibbiy diagnostika markazi” MChJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 16,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 12,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 14,3 mlrd so‘m
  • Farg'ona viloyati Beshariq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan “FARG'ONA AGROKIMYOHIMOYA" AJ balansidagi "Yakkatut" mineral o'g'itlar saqlash shoxobchasi 1,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 7 ta
  • boshlang'ich narxi 63 mln so‘m
  • sotilgan narxi 71 mln so‘m
  • Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 15,6 mln so‘m bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali balansidagi bo'sh turgan xona 17,2 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 172 ta 
  • boshlang'ich narxi 17,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 50,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 22,2 ga
  • Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun 1 gektar yеr uchastkasi 11,5 mlrd so‘mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 6 ta 
  • boshlang'ich narx 75 mln so'm
  • sotilgan narx 95 mln so'm
  • yer maydoni 28,6 ga

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 109 ta
  • boshlang'ich narxi 16,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,8 mlrd so‘m

O'tkazilgan savdolarda 1 554 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,2 trln so'm bo'lgan 144 293 ta lot savdoga qo'yilgan.

2592 Chop etish