Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2024-yil 10-avgust soat 00:00 dan 11-avgust soat 23:59 gacha profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktika ishlari olib borilishi davrida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) quyidagi davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
- Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumot olish;
- Davlat ulushiga ega korxonalar bo‘yicha maʼlumot;
- Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash;
- Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha buyurtmanoma berish;
- Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish;
- Ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikatlarni taqdim etish.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!