Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Noyabr 2020

Ayrim ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida bozorlardagi davlat ulushi sotilishi yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga Davaktiv agentligining rasmiy munosabati

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonuni (2024-yil 22-oktyabrdagi OʻRQ-980-son) bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda – Qonun) 20-moddasiga tegishli qoʻshimchalar kiritilgan.

“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida davlat mulkini realizatsiya qilish ommaviy savdolar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Qonunning 20-moddasiga:

  • jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanishi, bundan jamiyat ustavida davlat ulushini (ulushning bir qismini) ommaviy savdolar orqali sotish nazarda tutilgan hollar mustasno ekanligi;
  • ulushni sotishda agar jamiyatning ustavida jamiyatning qolgan ishtirokchilari va jamiyatning roziligini olish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat ulushi ommaviy savdolar orqali sotilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Shunga koʻra, davlat ulushi boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining ustavlarini Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiqlashtirish maqsadida Davaktiv agentligi tomonidan ushbu jamiyatlarning ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarini chaqirish tashabbusi bilan chiqilgan.

Bu oʻz navbatida, MChJlardagi davlat ulushlarini toʻgʻridan-toʻgʻri uning boshqa ishtirokchilariga emas, balki raqobatga asoslangan ommaviy savdolar orqali sotilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shu oʻrinda, Davaktiv agentligining MChJlarga yuborgan koʻrsatma xati aynan bozorlarga emas, balki davlat ulushi mavjud boʻlgan barcha MChJlarga yuborilgan boʻlib, unda bozorlardagi davlat ulushi sotilishi yuzasidan hech qanday hujjat yoki maʼlumot haqida soʻz yuritilmaganligini maʼlum qilamiz.

 

431 Chop etish