Joriy yil 23-Sentyabr kuni Davaktiv agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Jarqo’rg’on tuman hokimligi, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" va tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida savdodagi davlat aktivlari, yer uchastkalari, xususiylashtirish va yaratilgan keng imkoniyatlar to'g'risida "Roadshow" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli farmonining mazmuni-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to'g'risida mas'ullar tomonidan batafsil ma'lumot berildi.

