Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 May 2023

16-may sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 041 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 55 mlrd so'm bo'lgan 636 ta lot 60,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 12 ta
  • Boshlang‘ich narxi 37,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 39,1 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 29,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Avtosanoat-injiniring” MChJ balansidagi “Universal tennis plus” MCHJning 100 foiz davlat ulushi 31 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 44 ta
  • Boshlang‘ich narxi 551,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 83,7 mln so‘m bo‘lgan "TASHGIPROGOR" AJ balansidagi bino qismi 100,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 32 ta
  • Boshlang'ich narxi 16,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 17,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 5 ga
Toshkent shahri Yangihayot tumanidan boshlang'ich narxi 7,5 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish montaj tashkilotlari, jamoat transporti tashkilotlari va boshqalarning ishlab chiqarish bazalarini qurish uchun 1 gektar yer uchastkasi 7,9 mlrd so‘mga sotildi.
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidan boshlang'ich narxi 129,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 15 sotix yer uchastkasi 556,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 98 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 283,4 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 437 ta
  • Yer maydoni 179,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 583 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 131 270 ta lot savdoga qo'yilgan.
1783 Chop etish