Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 May 2024

13-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 153 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 48,3 mlrd so'm bo'lgan 2 468 ta lot 72,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari: 
  • soni 2 ta 
  • boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan “BLKTB-Mevasabzavot” MChJ ustav fondidagi 22,85 foiz davlat ulushi 11,6 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish: 
  • soni 67 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlag‘ich yillik ijara stavkasi 303 mln so‘m bo‘lgan "O‘zbek-Koreya o‘quv amaliy to‘qimachilik texnoparki" davlat muassasasi balansidagi yerto‘la qismi 333,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari: 
  • soni 16 ta 
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,5 ga 
  • Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan boshlag‘ich narxi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 1,85 gektar yеr uchastkasi 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 2 173 ta 
  • boshlang'ich narxi 8,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1 185,9 ga 
Sud va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 
  • soni 98 ta 
  • boshlang'ich narxi 23,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 25,4 mlrd so‘m 
O'tkazilgan savdolarda 3 467 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,2 trln so'm bo'lgan 176 102 ta lot savdoga qo'yilgan.
2347 Chop etish